Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistondagi istirohat bog‘ida daraxtlar kesib tashlandi

Gulistondagi istirohat bog‘ida daraxtlar kesib tashlandi

Foto: Ekologiya boshqarmasi.

Joriy yilning 8-sentyabr kuni Guliston shahar madaniyat va istiroxat bog‘i hududida bir qancha daraxtlarning kesilganligi holati aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan hozirda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda, deyiladi tashkilot xabarida.

O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi hududda quruvchi tashkilot tomonidan 58 tup har xil turdagi daraxtlar qonunga xilof ravishda kesib yuborilgani ma’lum bo‘lgan va prokuratura unga nisbatan ish ochgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring