Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haftaning birinchi yarmi sovuq va yomg‘irli bo‘ladi — O‘zgidromet

Haftaning birinchi yarmi sovuq va yomg‘irli bo‘ladi — O‘zgidromet

Foto: «Xabar.uz»

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keladi.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.

Bugun va ertaga ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. 25 oktyabrda shimoliy hududlarda, 26 oktyabrda respublika hududining katta qismida shamol 15-20 m/s.gacha kuchayishi hamda ushbu kunda ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatiladi.

Ushbu kunlarda harorat +5…+8 daraja, kunduzi esa +12…+15 darajani tashkil qiladi.

Ish haftasining oxiriga kelib, respublika hududi bo‘yicha nisbatan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi +3…+8 daraja, kunduzi esa +14…+19 daraja atrofida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring