Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamshira jinoyat ustida ushlandi

Hamshira jinoyat ustida ushlandi

Xorazm viloyatining Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi Z.Yu., fuqaro S.S.ni birlashmaga ishga kirish masalasini hal qilib berish evaziga undan 1200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan hamshira Z.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring