Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havoning ifloslanganlik darajasi bo‘yicha Toshkent 24-o‘rinda

Havoning ifloslanganlik darajasi bo‘yicha Toshkent 24-o‘rinda

Foto: Xabar.uz

IQAir dunyoning yirik shaharlari orasida havosi eng yaxshi va yomonlarini aniqladi. 94 shaharni o‘z ichiga olgan reytingda bugun, 7-sentyabrdagi havoning holati inobatga olingan.

Reytingda AQI 50 gacha ko‘rsatkich «yaxshi» hisoblanadi.

Sidney (Avstraliya), Kanberra (Avstraliya), Detroyt (AQSh), Varshava (Polsha), Pnompen (Kambodja), Taybey (Tayvan), Melburn (Avstraliya), Toronto (Kanada), Oslo (Norvegiya), Moskva (Rossiya) — havosi toza (yaxshi) yirik shaharlar.

Jakarta (Indoneziya), Lahor (Pokiston), Kuvayt siti (Kuvayt), Xanoy (Vetnam), Xanchjou (Xitoy), Santyago (Chili), Karachi (Pokiston), Lima (Peru), Shanxay (Xitoy), Chendu (Xitoy) — havosi eng yomon yirik shaharlar.

Toshkent (AQI 73) «o‘rtacha» tozalikdagi havosi bilan bugungi reytingda — 24-o‘rinda. Poytaxtimizning reytingdagi qo‘shnilari: Dubay, Parij, Milan (bularning havosi nisbatan yomonroq); Kolkata, Tehron, Kobul (havosi nisbatan yaxshiroq).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring