Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Himoya qilinuvchi shaxslarga nafaqa beriladi

Himoya qilinuvchi shaxslarga nafaqa beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga joylashtirildi.

Qayd etilishicha, nizom «Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish» to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq bir yo‘la beriladigan nafaqalarning to‘lash tartibi va miqdorini belgilovchi hujjat hisoblanadi.

Unga ko‘ra, himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan vafot etgan taqdirda uning oila a’zolari, sakkiz yoshgacha yoki undan katta bolalarga, agar ular o‘n sakkiz yoshgacha yetguncha nogiron bo‘lib qolsa, shuningdek, 23 yoshgacha ta’lim muassasalarining kunduzgi shaklida o‘qiyotgan va qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida har biriga teng ulushda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.

Shuningdek, himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilsa yoki uning sog‘ligiga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, xususan I, II va III guruh nogironlari hamda nogironligi bo‘lgan bolalarga bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa beriladi.

Ushbu nafaqalar soliqqa tortilmaydi va undan ushlab qolishlar amalga oshirilmaydi.

Mazkur qaror loyihasi bilan tanishish va takliflar qoldirish joriy yilning 26 dekabriga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring