Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston Bosh vaziri dunyoni global tartibsizlikdan ogohlantirdi

Hindiston Bosh vaziri dunyoni global tartibsizlikdan ogohlantirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va boshqa xalqaro institutlar sayyoramizdagi tartibsizliklarga bardosh bera olmadi. Bu haqda Indoneziyadagi G20 sammiti chog‘ida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ma’lum qildi.

Modi dunyo bugungi kunda to‘qnash kelayotgan muammolar qatorida iqlim o‘zgarishi, koronavirus pandemiyasi, Ukrainadagi voqealar va yetkazib berishlar global zanjirining uzilishini tilga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT bu muammolarga yechim topa olmagan.

«Biz barchamiz tegishli islohotlarni o‘tkaza olmadik. Shu sababli bugungi kunda dunyoning G20 dan umidlari katta. Guruhimizning dolzarbligi yanada kattaroq ahamiyat kasb etdi», — dedi Modi.

Shuningdek, G20 sammiti chog‘ida Modi energiya resurslarini yetkazib berishda bozorni beqarorlashtiradigan har qanday cheklovlarga qarshi chiqdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring