Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston Rossiya bilan rupiyda savdolashmoqchi

Hindiston Rossiya bilan rupiyda savdolashmoqchi

Foto: «Caliber»

Hindiston Rossiya bilan oldi-sotdini rupiyda amalga oshirishni kelishib olmoqchi, deb yozdi Bloomberg agentligi.

Ta’kidlanishicha, Hindiston «Sberbank va «VTB»da saqlanayotgan $2 mlrd ekvivalentidagi rupiy qiymatidan foydalanishi mumkin. Muzokaralar shu haftada Rossiya delegatsiyasining Hindistonga tashrifi davomida o‘tkaziladi.

Bloomberg manbasi xabar berishicha, rupiyni rublga konvertatsiyalash mexanizmi oldin qo‘llangan, biroq hozirda, Rossiya valyutasining volatilligi (o‘zgaruvchanligi) bois, ahamiyatini yo‘qotgandi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yil oxiriga borib Rossiya hisoblaridagi rupiy hajmi, bu mamlakatdan xaridlar hajmi ortidan, $5 mlrd.ga yetishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring