Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda 20 kishi chaqmoq urishi oqibatida o‘ldi

Hindistonda 20 kishi chaqmoq urishi oqibatida o‘ldi

Foto: Xabar.uz

Hindistonning Bixar shtatida kuchli momaqaldiroq va chaqmoq oqibatida bir sutkada 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Shtat bosh vaziri Nitish Kumar mintaqadagi odamlarni xavfsizlikni saqlashga va hukumat tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi.

Shuningdek, u qurbonlarning oilalariga tovon sifatida 400 ming rupiy (taxminan 5 ming yevro) to‘lanishini ma’lum qildi.

Shuningdek, u mansabdor shaxslarga chaqmoqlarga qarshi himoya vositalarini o‘rnatishni buyurdi, bu esa chaqmoq hech narsaga tegmasligi va yerga yo‘naltirishini ta’minlaydi.

2019-yilda mamlakatda yashin urishi oqibatida 3000 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring