Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda 23 kishi chaqmoq urib halok bo‘ldi

Hindistonda 23 kishi chaqmoq urib halok bo‘ldi

Foto: Zee News

Hindiston sharqidagi Bihar shtatida so‘nggi bir necha kun ichida kamida 23 kishi, jumladan, 8 nafar bola chaqmoq urib halok bo‘ldi. Bu haqda Zee News xabar berdi.

Bir kunning o‘zida 11 kishi (dalada ishlayotgan dehqonlar) osmondan kelgan ofat qurboni bo‘ldi, dedi shtatning bosh vaziri Nitish Kumar.

Bihardagi 20 ta tumanda sariq xavf darajasi e’lon qilindi. Odamlar yog‘ingarchilik paytida ko‘chaga chiqmaslikka chaqirildi.

Chaqmoq urib olamdan o‘tganlarning oilalariga 400 ming rupiy (5 ming dollardan ortiqroq)dan kompensatsiya to‘lanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring