Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hojilarning O‘zbekistonga qachon qaytishi ma’lum qilindi

Hojilarning O‘zbekistonga qachon qaytishi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

«Haj – 2022» dasturi doirasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar 2022 yil 14 iyul – 4 avgust kunlari vatanga qaytib keladi.

O‘zbekistonga qaytuvchi ziyoratchilar o‘z parvozlarini Jidda shahridan O‘zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukusda joylashgan xalqaro aeroportlarga amalga oshiradi. Unda jami 12 mingdan ziyod yo‘lovchi tashish reja qilingan.

«Haj – 2022» tadbirining uzluksiz va tartibli o‘tkazilishida Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bort kuzatuvchisi jalb etilgan.

Ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring