Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei Mate 50 flagmani bir sutka ichida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi

Huawei Mate 50 flagmani bir sutka ichida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi

Foto: Mydrivers.com

Huawei kompaniyasi 2022-yildagi asosiy flagmani taqdimotini o‘tkazdi — Mate 50 sotuvga chiqdi.

Xitoydagi asosiy savdo maydonlarida (Huawei Mall, JD.com va Tmall) Huawei Mate 50 smartfonlari bir sutkaga qolmay sotib bo‘lindi.

Foto: Mydrivers.com

Aynan qancha smartfon sotilgan — aniq ma’lumot yo‘q. Biroq ayrim ma’lumotlarda, masalan, Huawei rasmiy saytida 2,5 millionta smartfonga buyurtma tushgani aytilgan.

Mate 50 turkumi to‘rt smartfondan iborat: Huawei Mate 50E, 50, 50 Pro va 50 RS Porsche Design.

Asosiy model — Mate 50E bular orasida eng arzoni bo‘lib, XMAGE kamerasi, OIS va o‘zgaruvchan diafragmaga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring