Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda elektr tarmoqlari rahbari pora bilan qo‘lga tushdi

Xorazmda elektr tarmoqlari rahbari pora bilan qo‘lga tushdi

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ bosh direktori Murodboy Bazarimbetov pora olganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi.

Urganch shahar xalq deputatlari kengashi a’zosining Kun.uzga aytishicha, Bazarimbetov o‘rtaga ishonchli odamini qo‘yib, yonilg‘i quyish shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulab berish uchun tadbirkordan 20 ming dollar so‘raganlikda gumonlanmoqda. Keyinchalik bu qiymat 15 mingga tushirilgan.

Shundan so‘ng, tadbirkor deputatga shikoyat qilgan, u esa huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. Tadbirkor maxsus tadbirda hamkorlik qilishga rozilik bergan. 24 dekabr kuni Murotboy Bazarimbetov o‘rtadagi ishonchli shaxs pulni kabinetiga kiritib berganidan so‘ng, ushlangan.

Tezkor tadbirda o‘rtadagi shaxs va rahbarning muloqoti yozib olingan. Audioyozuvlarda rahbarning: «Pulning hammasini berdimi? Hammasini oldingmi? Mana bu tumbochkaga qo‘y», — degan so‘zlari ham bor.

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda, Murotboy Bazarimbetov esa hibsga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring