Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumatning transport sohasiga oid yangi qarori chiqdi

Hukumatning transport sohasiga oid yangi qarori chiqdi

Foto: Xabar.uz

«Aerovokzal, temir yo‘l va avtobus vokzallarida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (159-son, 17.04.2023 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

Aeroportlarning aerovokzal majmualarida va vokzal oldidagi maydonlarda xavfsizlikni ta’minlash tartibi to‘g‘risida;

Temir yo‘l vokzallarida (stansiyalarida) yo‘lovchilar va tashrif buyuruvchilarning qo‘l yuki va bagajini ko‘zdan kechirish, ularning temir yo‘l vokzallarida (stansiyalarida) bo‘lishi tartibi to‘g‘risida;

Avtovokzallarda (avtostansiyalarda) yo‘lovchilar va tashrif buyuruvchilarning qo‘l yuki va bagajini ko‘zdan kechirish, ularning avtovokzallarda (avtostansiyalarda) bo‘lishi tartibi to‘g‘risida.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, jumladan:

Aerovokzal majmualari binolariga kirish joylariga yaqin kelib to‘xtash uchun faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat etiladi, shaxsiy avtomobillar va jamoat transporti yo‘lovchilarni va tashrif buyuruvchilarni olib ketish va olib kelish uchun mo‘ljallangan avtomobil turargohi va to‘xtash joylariga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, estakadadan foydalanish uchun yo‘lovchi tashish avtotransportlariga ruxsat beriladi. Bunda yengil avtotransportlarga estakadada 5 daqiqagacha hamda avtobus va mikroavtobus avtotransport vositalariga 10 daqiqagacha to‘xtab turishga ruxsat beriladi.

Barcha turdagi avtotransport vositalari aerovokzallar majmualari chegarasidan 30 metrdan kam bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.

Temir yo‘l vokzallarida ko‘zdan kechirishdan o‘tish vaqti yo‘lovchilarning poyezdga chiqishga kechikishi uchun shart-sharoitlar yaratmasligi zarur. Bunda ko‘zdan kechirish vaqtini qisqartirish maqsadida ko‘zdan kechirish tartib-qoidasini soddalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring