Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIO xodimlarini haqorat qilgan 3 nafar shaxs 15 sutkaga qamaldi

IIO xodimlarini haqorat qilgan 3 nafar shaxs 15 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatganligini aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 aprel kuni taxminan soat 01.35 larda Yangihayot tumanidagi «Yangihayot» YPX maskanida xizmat olib borayotgan xodimlar «Jentra» rusumli, davlat raqam belgisi 01 Z 370 XV bo‘lgan avtoulovni to‘xtatib, haydovchidan hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan. Shu vaqtda avtomashinadagi yo‘lovchilar 1995 yilda tug‘ilgan Z.B., 1977 yilda tug‘ilgan X.J. va 2000 yilda tug‘ilgan N.F. lar xodimlarga nisbatan turli xil haqoratli so‘zlar aytib, jamoat tartibini buzgan. Shuningdek, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga nisbatan qarshilik ko‘rsatishgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan avtomashina yo‘lovchilari Z.B., X.J., N.F.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan ularga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring