Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIV tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

IIV tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Podpolkovnik Rajabov Azizbek Jorayevich Buxoro viloyati Kogon shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Rajabov Buxoro viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Sobirov Zahiriddin Sadriddinovich Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Z.Sobirov Sirdaryo viloyati Shirin shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Xolmatov Akmal Nematovich Sirdaryo viloyati Shirin shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Xolmatov Sirdaryo viloyati IIB bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Hamroqulov Iqboljon Abdubannobovich Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar I.Xamrokulov Farg‘ona viloyati IIB bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sharipov G‘ulom Masharifovich Xorazm viloyati Urganch tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar G‘.Sharipov Xorazm viloyati Xiva shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Otajanov Batir Narimbayevich Xiva shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Otajanov Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring