Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston polo federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining tarkibi tasdiqlandi

O‘zbekiston polo federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining tarkibi tasdiqlandi

2022 yilning iyul oyida Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida O‘zbekiston polo federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, Federatsiya Ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Aziz Rustambayev federatsiya raisi, Ahror Xaydarov raisning birinchi o‘rinbosari, Anvar Ismoilov Toshkent shahar bo‘limi raisi, Olim Murodovich Xo‘jayev Toshkent viloyati bo‘limi raisi, Nilufar Rahimova bosh kotib ijrochisi vazifalariga jamoatchilik asosida saylandilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston polo federatsiyasi 2020 yil 10 oktyabrda tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring