Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki ayol oradan 55 yil o‘tib, tug‘uruqxonada almashib qolishganini bilishdi

Ikki ayol oradan 55 yil o‘tib, tug‘uruqxonada almashib qolishganini bilishdi

Foto: Getty Images

Britaniyalik ikki ayol oradan 55 yil o‘tib, tug‘uruqxonada almashib qolishganini bilishdi. Bu mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi tarixida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning almashib qolishi rasman tasdiqlangan birinchi holat, deb yozdi BBC.

Kler va Jessika almashib qolishganini Jessikaning akasi — Toni topshirgan DNK-testdan bilishdi. 2022-yilda Kler ham DNK-test topshirib, natijasidan ajablandi.

Ayollar 1967-yilda — Kler taxminan soat 22:20 larda, Jessika oradan bir necha soat keyin, yarim tunda dunyoga kelgan. Keyingi kuni ertalab Klerning onasiga o‘z biologik qizi o‘rniga Jessikani topshirishgan. Ta’kidlanishicha, oilaning boshqa a’zolariga nisbatan chaqaloqning sochlari sariqroq edi, ammo yaqin qarindoshlari orasida sariq sochlilar bo‘lgani uchun ayol bunga ko‘p e’tibor qaratmagan.

Milliy sog‘liqni saqlash jamg‘armasi xatolik o‘tganiga iqror bo‘ldi. «Kamyob va murakkab» deya baholangan hodisa bo‘yicha tomonlar muzokaraga kirishgan: almashib qolgan «chaqaloqlar»ga badal puli to‘lab beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring