Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki mingga yaqin mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyati uchun javobgarlikka tortildi — Bosh prokuratura

Ikki mingga yaqin mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyati uchun javobgarlikka tortildi — Bosh prokuratura

Foto: «Xabar.uz»

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov Bosh prokuratura faoliyati tahlili yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha:

  • O‘tgan yillarda ochilmay qolgan 1 125 ta jinoyat fosh etildi, qidiruvda bo‘lgan 2 446 nafar shaxs ushlandi;
  • Bevosita prokuratura organlari tomonidan 10 372 ta jinoyat ishi yuzasidan tergov o‘tkazilib, 6 100 nafar shaxsga nisbatan 3 903 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan  622,2 mlrd. so‘mlik zarar ayblanuvchilardan undirildi;
  • 2020-yilda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 1 ming 723 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi;
  • Prokurorlar tashabbusi bilan 57 nafar shaxs oqlandi.

Xorijiy davlatlarga ayblanuvchilarni ekstraditsiya qilish haqida 194 ta iltimosnoma yuborilib, 155 nafar shaxs  mamlakatimizga etap qilindi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring