Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki vazirlikda yangi tayinlovlar bo‘ldi

Ikki vazirlikda yangi tayinlovlar bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Prezident qarorlari bilan ikki vazirlikda yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Nasrulla Nurillayevich Boboyev qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Qurilish vazirligining Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

***

Abdusamat Abduvohidovich Mo‘minov transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

A.Mo‘minov bunga qadar Prezident Administratsiyasi transport salohiyati, bojxona ma’muriyatchiligi va logistikani rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring