Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda ikkita uy yondi

Bo‘stonliqda ikkita uy yondi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ikkita uy yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 26 sentyabr kuni soat 22:23 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, «Chinor» MFY, Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borib, soat 23:10 da qurshab olingan va soat 23:55 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida 2 ta uyning taxminan 150 m2 maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan. Olovni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring