Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilhom Aliyev “tahrirlangan” toponimlar masalasiga e’tibor qaratdi

Ilhom Aliyev “tahrirlangan” toponimlar masalasiga e’tibor qaratdi

Foto: Azərtac

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ilmiy va xalqaro jamoatchilik e’tiborini tarixiy toponimlar zamonaviy xaritalarda o‘zgartirib yuborilganiga qaratdi.

“XX asr boshida chor Rusiyasi chop etgan xaritalarga qarashning o‘zi kifoya: har bir odam hozirgi Armaniston hududidagi aksar toponimlar ozarbayjoncha ildizga ega ekaniga ishonch hosil qiladi. O‘sha xaritalarda Sevan degan ko‘l yo‘q, ammo Gyoycha (Göyçə) ko‘li bor. Ularda biz foydalanayotgan yana boshqa tarixiy toponimlarni ham ko‘rish mumkin. U xaritalarni biz tuzmaganmiz, demak, birov bizni soxtakorlikda ayblay olmaydi. O‘sha xaritalar chor Rusiyasi tomonidan tuzilgan. Eron va Sharqiy Onado‘lidagi armanlarni aholining etnik va diniy tarkibini o‘zgartirish maqsadida bizning Qorabog‘ zaminimizga ko‘chirgan o‘sha chor Rusiyasi tomonidan”, – degan Ilhom Aliyev Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda.

Siyosatchi hozirda 50 milliondan ziyod kishining ona tili hisoblangan ozarbayjon tilining sofligini saqlash muhimligini ham ta’kidlagan.

“Davlat idoralari, olimlar, tilshunoslar, yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar, siyosat bilan shug‘ullanayotgan barcha bu masalaga jiddiy e’tibor qaratishi kerak”, – deb ta’kidlagan I.Aliyev.

Ma’lumot o‘rnida: Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda xorijlik mehmonlar qatorida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov ham qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring