Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Toshkentga keldi (foto)

Ozarbayjon  prezidenti Ilhom Aliyev Toshkentga keldi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 21-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Ularning natijalari bo‘yicha sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika, ilm-fan va innovatsiyalar, turizm va boshqa sohalarga doir ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Ertaga Xiva shahridagi tarixiy yodgorliklarni ziyorat qilish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring