Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask tarixda 200 milliard dollar yo‘qotgan birinchi odam bo‘ldi

Ilon Mask tarixda 200 milliard dollar yo‘qotgan birinchi odam bo‘ldi

Tesla kompaniyasi rahbari, tadbirkor Ilon Mask tarixda 200 milliard dollar yo‘qotgan birinchi odam bo‘ldi, deb yozadi Bloomberg o‘zining milliarderlar indeksiga tayanib.

Maskning sof boyligi 2021-yilning noyabrida 340 milliard dollarga yetgan va Tesla aksiyalari tushib ketganidan keyin bu haftada 137 milliard dollargacha tushgan.

Bu Maskning oxirgi ikki yildagi eng past boyligi hisoblanadi.

O‘tgan haftada Tesla narxi 85 milliard dollarga tushib ketdi, kompaniyaning bozor kapitallashuvi 390 milliard dollarga tushdi, deya ta’kidlaydi Financial Times. Atigi bir yil ichida Tesla’ning qiymati ikki baravar pasaydi, yanvarda u 1,2 trillion dollarga baholangan edi.

Maskning Twitter ijtimoiy tarmog‘i xaridini moliyalashtirish uchun kompaniya aksiyalarini sotish haqidagi qarori, shuningdek, investorlarning elektromobillar savdosi istiqbollaridan xavotirlari ortib borayotgani Tesla aksiyalariga bosim o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring