Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Imoladagi avtofojiaga 30 yil to‘ldi: O‘lim bilan quvlashmachoq o‘ynagan Senna

Imoladagi avtofojiaga 30 yil to‘ldi: O‘lim bilan quvlashmachoq o‘ynagan Senna

Foto: Topruscar.ru

1986-yilning 10-avgustida Budapesht yaqinida «Vengriya Gran-prisi» bo‘lib o‘tgan. Bu «Formula-1» tarixidagi ilk marotaba sotsialistik mamlakatda o‘tkazilgan poyga edi.

O‘z davrining eng zo‘r poygachisi, afsonaviy Ayrton Senna yangi avtodromni yaxshilab o‘rganish uchun tashkilotchilardan ushbu mamlakatda eng ommalashgan oddiy mashinani topib berishlarini so‘raydi. U VAZ-2101 bilan «Hungaroring»ni bir necha marta aylanib chiqqan, mana bu surat o‘sha voqeadan esdalik.

Ayrton Senna 1994-yilning 1-may sanasida uning «otxonasi» raketaga aylantirgan bolidda Imola (Italiya)dagi poygada fojiali tarzda halok bo‘lgan. Qanday qilib, qay tarzda bu yuz bergani Tom Rabiton Sennaga bag‘ishlab yuzgan kitobning «O‘lim vaqti: 2:18PM» bo‘limida ro‘yirost va qalblarni larzaga soladigan darajada tasvirlangan.

O‘sha fojiali poygada Sennaning do‘sti, shuning barobarida, azaliy raqibi hamda «Formula»ning navbatdagi qiroli Mixael Shumaxer g‘alaba qozonadi. 2013-yilda Alp tog‘larida chang‘ida uchayotib, Shumaxer ham shunga o‘xshash dahshatli jarohat oladi. Oradan 11 yil o‘tdi, uzoq muolajalardan so‘ng ham u mustaqil harakatlanish va to‘laqonli muloqot qilish imkoniyatiga ega emas, yagona farqi — Shumaxer hayot.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring