Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 8 avgustga rejalashtirilyapti – DTM

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 8 avgustga rejalashtirilyapti – DTM

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida joriy yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 8-avgustdan boshlanishi kutilayotgani aytildi. 

«Imtihon 8-avgustdan boshlanishi rejalashtirilyapti. Taklif loyiha shaklida tegishli tashkilotga kiritilgan. Imtihonlar 10 kundan 13 kungacha davom etishi mumkin», – deydi Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i F.Mirzayev.

Imtihon o‘tkazish vaqtlari o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, birinchi smena soat 7:00 dan 10:00 gacha, ikkinchi smenani 19:00 dan 20:00 gacha o‘tkazish rejalashtirilgan.

«Taklif berganmiz. Davlat qabul komissiyasi tasdiqlaganidan keyin rasman e’lon qilamiz», – deydi Mirzayev.

Tadbirda, shuningdek, test sinovlari o‘tkaziladigan joylar haqida ham ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, test sinovlarini o‘tkazish uchun 58 ta stadion va xiyobon tayyorlanmoqda. Bunda 1 kunda – 1 smenada 48 420 nafar, 2 smenada 96 840 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.

Test sinovlarida 3 500 nafarga yaqin rahbar va pedagog kadrlar guruh nazoratchilari sifatida jalb etish rejalashtirilgan.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring