Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indinga Oyga uchamiz — NASA

Indinga Oyga uchamiz — NASA

Foto: Space.com

NASA agentligi Oyga parvoz qiladigan «Orion» kemasiga 3-sentyabrda start berilishini ma’lum qildi.

Kemani Space Launch System raketasi 29-avgust fazoga olib chiqishi rejalashtirilgan, biroq raketa-tashuvchi dvigatelidagi texnik nosozlik tufayli start qoldirilgandi.

NASA «Artemida-1» (Artemis 1) Oyga missiyasi doirasidagi ushbu parvozga 10 yil tayyorlandi, o‘z tarixidagi eng kuchli — 98 metrli Space Launch System raketasini uchiradi. Raketa fazoga olib chiqqan ichiga uchta maneken joylangan «Orion» kemasi oy tomon yo‘l oladi.

Navbatdagi, 2024-yilning may oyida parvozi rejalashtirilgan «Artemida-2» missiyasida boshqariladigan kema uchiriladi.

«Artemida-3» missiyasi doirasida esa, yarim asrlik tanaffusdan so‘ng, inson yana Oyga qo‘nishi rejalashtirilgan. Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri — Oy orbitasida Yer yo‘ldoshini va Marsni o‘zlashtirishda baza vazifasini bajaruvchi stansiyani ishga tushirishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring