Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Innovatsion rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha brifing o‘tkazildi

Innovatsion rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha brifing o‘tkazildi

2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 6 dekabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida 2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amaliyotga tatbiq etishning yillik natijalariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda davlat boshqaruvi va iqtisodiyotda innovatsion amaliyotlarni joriy etishda erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga javob berilgan.

Qayd etilishicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi asosida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hind ilg‘or tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etildi.

Joriy yil 24-iyuldan boshlab texnopark faoliyati yo‘lga qo‘yilib, hozirda unda 300 dan ortiq rezident-korxona mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.

Ilm-fan, ta’lim va ijodkorlik yo‘nalishida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga xorijiy mamlakatlardan 16 ta professor-o‘qituvchilar jalb qilindi. Bugungi kunda universitetda 28 ta doktorlik ishi himoyasi o‘tkazildi. Ushbu universitet tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2019/2020-o‘quv yilida qo‘shma fakultetga 505 nafar talaba qabul qilindi.

Prezidentning 2019-yil 7-yanvardagi qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilib, joriy yil 24-sentyabrdan boshlab universitet rasman o‘z faoliyatini boshladi. Hozirda 502 nafar talaba tahsil olmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring