Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inqilobiy norma: inson har qanday harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi

Inqilobiy norma: inson har qanday harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi

Bugun Oliy Majlisda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov o‘zgartishlar haqida ma’lumot berar ekan, inqilobiy o‘zgarish haqida aytib o‘tgan.

«Konstitutsiyaga har bir inson o‘z shaxsini erkin rivojlantirish, qonun bilan taqiqlanmagan hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini buzmaydigan bo‘lsa, har qanday harakatni amalga oshirish huquqiga ega, degan inqilobiy norma kiritilyapti», degan Shirinov.

Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring