Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank: Investorlar bilan navbatdagi onlayn uchrashuv o‘tkazildi

O‘zsanoatqurilishbank: Investorlar bilan navbatdagi onlayn uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 6 avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank tizimida joriy o‘zgarishlar haqida yangilangan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida xalqaro biznes hamjamiyati vakillari bilan video anjuman (Investor call) formatida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda «Avesta Investment Group» (O‘zbekiston), Osiyo taraqqiyot banki, «Bluestone Investment Bank» (AQSh), «Raiffeisenbank» (Avstriya) kabi xalqaro va transmilliy kompaniyalar, respublika davlat muassasalari hamda qator tijorat banklaridan vakillar ishtirok etdi.

Onlayn uchrashuv davomida O‘zsanoatqurilishbankning 2020 yil va joriy yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari yakunlari haqida axborot berildi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi video anjumanlar banklararo munosabatlarda muvaffaqiyatli biznes-jarayonlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bankning tashqi iqtisodiy faoliyati darajasini sifat jihatdan oshirish maqsadida kelgusi reja va istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama etish uchun o‘ziga xos maydon vazifasini bajaradi.

Tadbirda tomonlar interfaol tarzda o‘zaro fikr almashishdi. O‘zsanoatqurilishbank vakillari xorijiy ekspertlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring