Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max ishonchni oqlay olmadi!

iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max ishonchni oqlay olmadi!

Foto: «hobbieslist.com»

iPhone 11 dunyo bo‘ylab barcha hududlarda juda yaxshi sotilyapti, biroq iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max modellarining savdosi ko‘ngildagidek emas. Bu haqda «Terabayt» xabar berdi.

Rosenblatt Securities tahlilchisi Jun Chjan (Jun Zhang) so‘zlariga ko‘ra, iPhone 11 bozorga chiqarilganidan keyingi atigi bir oydayoq 12 million donadan oshiq sotilgan. «Apple» ushbu modelni ishlab chiqarish hajmini ham oshirishni rejalashtirmoqda.

Ikkinchi tomondan esa, iPhone 11 Pro va 11 Pro Max flagmanlari sotuvi unchalik yaxshimas. Ularning savdosi o‘tgan yilgi iPhone XS va XS Max modellaridan 15 foizga sust. Shu boisdan korporatsiya bu ikki ayfonni ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga majbur bo‘lyapti.

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, iPhone 11 turkumiga mansub uchta modeldagi smartfonlarning umumiy sotilishi yil oxirigacha 70 million donaga borib qoladi. Keyingi yilda esa kompaniyaning eng arzon smartfoni – anchadan beri kutilayotgan iPhone SE 2 modeli «Apple»ning bozordagi o‘rnini mustahkamlashi taxmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring