Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ispaniyada kuchli jazirama 43 kishining yostig‘ini quritdi

Ispaniyada kuchli jazirama 43 kishining yostig‘ini quritdi

Ispaniyada  kuzatilayotgan jazirama sabab ikki kun ichida 40 dan ortiq odam vafot etdi. Bu haqda Telesinko telekanali xabar bermoqda.

Qirollik Sog‘liqni saqlash vazirligiga bo‘ysunuvchi Karlos III sog‘liqni saqlash instituti Ispaniyada 10 va 11-iyul kunlari 43 kishi vafot etganini hisoblagan. 

Ko‘pincha 75 yoshdan oshgan fuqarolar juda yuqori harorat qurboni bo‘lmoqda. 

Qirollik iyun oyida 829 ta issiqlik bilan bog‘liq o‘limni tasdiqladi, bu iyul oyida hozircha 111 tani tashkil etdi.

Avval Yaponiyada kuchli jazirama sabab minglab odamlar shifoxonaga yotqizilgani xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, yaqin kunlarda O‘zbekistonda ham kuchli jazirama kutilmoqda. O‘zgidromet bu borada maxsus ogohlantirish bilan ham chiqdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring