Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroilda koronavirus bilan kasallanishlar soni ko‘payib ketdi

Isroilda koronavirus bilan kasallanishlar soni ko‘payib ketdi

Foto: «EADaily»

Isroilda koronavirus bilan kasallanishlar soni tobora o‘smoqda, hatto kasallikning yangi to‘lqini boshlangan bo‘lishi mumkin. TASS xabariga ko‘ra, Isroil sog‘liqni saqlash sohasi rahbari Naxman Ash bu haqda bayonot berdi.

Uning aytishicha, juma kuni Isroilda uzoq vaqtdan beri birinchi marta 7 mingdan ortiq kasallanish qayd etilgan. Ash eslatishicha, bir necha oy avval ham shunga o‘xshash holat kuzatilgan, biroq unda ko‘p o‘tmay infeksiya xuruji bosilgandi.

Ammo bu safar boshqacha. «Nazarimda, biz buni yangi to‘lqin desak ham bo‘ladi», — dedi Ash koronavirus omikron-shtammining BA.5 varianti bilan kasallanishlar jiddiy tarzda ko‘payganiga urg‘u berarkan.

Biroq bu safar mamlakat hukumati karantin singari qattiq cheklov choralarini takror joriy etishi ehtimoli ko‘zda tutilmayapti. Faqat yopiq binolarda tibbiy niqoblardan foydalanish majburiyati tiklanishi mumkin — ushbu tartib shu yil 23-aprelda bekor qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring