Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilda ziyofat paytida bir kishini «yer yutib yubordi» (video)

Isroilda ziyofat paytida bir kishini «yer yutib yubordi» (video)

Isroillik fuqaro hovuz ostida hosil bo‘lgan girdobga kirib ketdi. 

Ushbu hodisa oqibatida 32 yoshli Klil Kimxi vafot etdi.

Bu holat u ishlagan marketing kompaniyasi tomonidan o‘z xodimlari uchun uyushtirilgan shaxsiy uydagi ziyofat paytida sodir bo‘ldi.

Hovuz tubining bir qismi o‘pirilib ketadi va suvni shiddat bilan yer ostiga torta boshlaydi. Suvda qolib ketgan Klil Kimxini hovuzda hosil bo‘lgan girdob «yutib yubordi». Kompaniyaning yana bir xodimi oyog‘idan yengil jarohat oldi ammo girdob domidan qutulib qoldi.

Favqulodda vaziyatlar xodimlari Kimxaning jasadini topishga to‘rt soat vaqt sarflashdi. Hovuz joylashgan joy ostida bir-biridan ajralib chiqadigan tunnelli chuqurlar bor edi. Qidiruv ishlarini davom ettirishdan avval qutqaruvchilar yerni mustahkamlashga majbur bo‘lishdi. Marhum yer ostida 13 metr chuqurlikdan topilgan.

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, uy egasi hovuz noqonuniy qurilgan bo‘lsa-da, korporativ tadbirlar va bayramlar uchun ijaraga berib, pul ishlagan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, uy egasi o‘z mulkidagi «infratuzilma bilan bog‘liq muammolar» tufayli ruxsatnoma olmasligini bilganligi sababli ariza ham bermagan. Endi u ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘ldirishda ayblanishi mumkin.

Tadbir ishtirokchilaridan bi hodisa yuz bergan paytda hovuzda atigi olti kishi bo‘lganini, ko‘proq odam bo‘lganida qurbonlar soni ancha ko‘p bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring