Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Istanbulda og‘ir jarohatlangan o‘zbekistonlik vafot etdi

Istanbulda og‘ir jarohatlangan o‘zbekistonlik vafot etdi

Foto: «informator.press»

31-oktyabr kuni og‘ir jarohatlar bilan «Çorlu Devlet Hastanesi» tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarosi Z.V. vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib, TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Konsullik-huquqiy masalalar hal qilinganidan va zarur hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng, marhumning jasadi dafn qilish uchun O‘zbekistonga yuborildi.

Marhumning ish joyi «Yıldız Taşlama» fabrikasidagi avariya va xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha tergov davom etmoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring