Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga arizalar qabuli boshlandi

IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga arizalar qabuli boshlandi

Foto: IT-Park

IT Park startap mavzusiga befarq bo‘lmaganlar va o‘zini shu sohada rivojlantirishni xohlovchilar uchun ajoyib yangilikni e’lon qildi: inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida qatnashish uchun arizalar qabuli boshlandi.

IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari o‘zi nima?

Inkubatsiya dasturi

Inkubatsiya dasturining asosiy qismi g‘oyadan iborat. Inkubatsiya dasturi ajoyib istiqbolli g‘oyalarga ega bo‘lgan ishqibozlarning startap g‘oyalarini o‘quv dasturlari va mutaxassis tavsiyalari orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ular startap bilan bevosita qanday ishlash kerakligini o‘rganishadi. Bu yerda startapchilar o‘z g‘oyalarini rivojlantirib boradi va dastur yakunida, uzoq safarga tayyor sinov mahsulotlarini yaratishadi.

Dastur 3 oyga mo‘ljallangan va startap loyihangizni quyidagi bonuslar bilan ta’minlaydi:

1.Qulay ofis

2.Professional murabbiylar bilan ishlash

3.Yuridik maslahat

4.Buxgalteriya yordami

5.Muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan faol aloqa

6.Biznes tadbirlariga cheklanmagan kirish imkoniyati

Akseleratsiya dasturi

Dastur prototip va uzoq cho‘qqilarga birga olib chiqsa bo‘ladigan ajoyib g‘oyalarga ega jamoasi bor kishilarga mo‘ljallangan. Akseleratsiya dasturi o‘z maqsadlarini amalga oshirish va prototipni to‘laqonli biznesga aylantirish uchun bir necha qadam (mablag‘, maslahat, tajriba) yetishmayotganlarga mos keladi.

Dastur sizning startap loyihangizni faol rivojlanishiga noyob yo‘nalishni ta’minlaydi, bu nafaqat ajoyib mentorlar — mutaxassislardan biznes tajribasini olish, balki quyidagi imkoniyatlarni ham beradi:

1.Mahsulotni intellektual mulk sifatida rasmiylashtirish

2.Yuridik maslahat olish

3.Investisiya maydoniga kirish

4.Marketing yordamini olish

5.Keng hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish

IT Parkdagi inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining uchinchi to‘lqini 3 oy davom etadi va ular 8 ta modul va 34 ta tadbirdan tashkil topgan.

Tadbirlar ta’lim va ekspert mashg‘ulotlari, dala sinovlari, Bootcamp va  albatta Pizza party’ni o‘z ichiga oladi! Va dastur so‘ngida, har doimgidek, loyihangizni namoyish etadigan va qo‘lingizdan nima kelishini ko‘rsatadigan Demo Day kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu safar asosiy e’tibor nazariya va investorlar bilan «metching»ga emas, balki trekshn (tez o‘sish), mentorlik, amaliyotga qaratiladi.

Bu safar ko‘proq o‘z ustingizda ishlang!

Ushbu safarning boshidan oxirigacha yo‘l boshlovxi, sizga maslahat va kerak bo‘lganda, motivatsiya beruvchi mahalliy va xorijiy spikerlar sizga hamroh bo‘lishadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://it-park.uz/ru/itpark/startups

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2021-yil 4-mart

Pitch Day: 2021-yil 6-mart

Bootcamp: 2021-yil 13-mart

Dasturlarning boshlanishi: 2021-yil 15-mart

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring