Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya sharqidagi toshqinlar sakkiz kishini hayotdan olib ketdi (video)

Italiya sharqidagi toshqinlar sakkiz kishini hayotdan olib ketdi (video)

Italiya sharqidagi Marxe ma’muriy viloyati hududida kuchli yomg‘ir tufayli suv toshqini yuzaga keldi.

ANSA nashriga ko‘ra, hozirda 8 kishi tabiat hodisasi qurboniga aylangan va yana 4 nafari bedarak yo‘qolgan.

Xabarda aytilishicha, 16-sentyabrga o‘tar kechasi mintaqada kutilmaganda kuchli jala yog‘ib, 2-3 soat ichida 400 mm.ga yaqin yog‘ingarchilik yog‘di. Bir qancha shaharlarda ko‘chalar, uylar va yo‘llar suv ostida qoldi. Qurbon bo‘lganlarning biri suv ostida qolgan mashina ichidan topilgan. Yo‘qolganlar orasida sakkiz yoshli farzandi bo‘lgan ayol ham borligi aytilmoqda.

Qutqaruv ishlari bugun, juma kuni ertalab boshlangan. Ayrim aholi punktlari elektr ta’minotisiz qolgan.

Aholini himoya qilish bo‘yicha mintaqaviy maslahatchi Stefano Aguchchi hech kim bunday yomg‘irni kutmagani, shu bois toshqinga tayyorgarlik ko‘rilmaganini aytib chiqdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring