Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiyalik qochoq mafiozni YouTubedagi kanali fosh etdi

Italiyalik qochoq mafiozni YouTubedagi kanali fosh etdi

Foto: «News.myseldon.com»

Dominikan Respublikasi hukumati Italiya milliy taomlari retseptlari yoritiluvchi YouTube kanalini yaratgan qochoq mafiozni Italiyaga topshirdi, deya ma’lum qildi davlat politsiyasi.

Mark Feren Klod Biar 2014-yildan beri Redjo-Kalabriya janubiy provinsiyasida «ndrangeta» klanlaridan biri tomonidan tashkil etilgan giyohvand moddalar savdosiga aloqadorligi uchun hibsga olish orderidan yashirinib yurgan. Yetti yil o‘tgach uni Kosta-Rikadan ko‘chib o‘tgan Dominikan Respublikasidagi Boka-Chika kurortidan topishdi.

Qochoq mafioz mahalliy italiyaliklardan ajralmagan holda tinch hayot kechirgan: uni izlayotganlar uchun arvohga aylangandi.

Biar rafiqasi bilan birgalikda YouTube kanalini yuritishgan: Italiya milliy taomlariga bag‘ishlangan roliklarni joylashgan.

«Uning Italiya milliy taomlariga bo‘lgan muhabbati Internet va ijtimoiy tarmoqlarda izini topishga, shuningdek, videoda doimo yuzsiz tasvirlanadigan oshpazni tatuirovkasi orqali aniqlashga yordam berdi», — deyiladi xabarda.

O‘tgan hafta Interpol Italiya tergov organlari bilan hamkorlikda Biarni hibsga oldi. Dushanba kuni jinoyatchi qo‘riqchilar nazoratida Milanga uchib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring