Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Jahon jinoyatlar indeksi»: O‘zbekiston — 104-o‘rinda, yaxshimi-yomon?..

«Jahon jinoyatlar indeksi»: O‘zbekiston — 104-o‘rinda, yaxshimi-yomon?..

Foto: «Empower Mississippi»

«Numbeo» portali 2022-yilning birinchi yarmida jahon mamlakatlaridagi jinoyatchilik darajasi indeksi (Crime Index)ni taqdim etdi. Unda O‘zbekiston (33.68 ball) 142 mamlakat orasida 104-o‘ringa joylashtirildi.

O‘zbekiston Vengriya (103-o‘rin) va Norvegiya (105-o‘rin) o‘rtasidan joy oldi.

Reytingdagi ballar nimani anglatadi?

  • 0 dan 19,99 gacha — jinoyatchilik darajasi juda past;
  • 20 dan 39,99 gacha — past;
  • 40 dan 59,99 gacha — o‘rtacha;
  • 60 dan 79,99 gacha — yuqori;
  • 80 va undan yuqori — juda yuqori.

Xaritada qizil bilan jinoyatlar ko‘p, yashil bilan jinoyatlar oz sodir etilayotgan mamlakatlar ko‘rsatilgan.

Manba: «Numbeo»

Jahon miqyosida jinoyatchilik eng avjiga chiqqan mamlakatlar: Venesuela (83.16), Papua-Yangi Gvineya (80.26), Afg‘oniston (78.19), JAR (75.37), Gonduras (74.66).

Jinoyatchilik darajasi ayrim mamlakatlarda: Belarus — 32-o‘rin (57.18), Qirg‘iziston — 36-o‘rin (55.88), Qozog‘iston — 47-o‘rin (53.04), AQSh — 56-o‘rin (48.41), Turkiya — 93-o‘rin (39.89), Rossiya — 94-o‘rin (39.32). Bu mamlakatlarning barchasida jinoyatchilik darajasi O‘zbekistondan yuqori.

Jahonda jinoyatlar eng kam sodir etilayotgan mamlakatlar va hududlar: Qatar (1-o‘rin), BAA (2-o‘rin), Tayvan (3-o‘rin), Men oroli (4-o‘rin), O‘mon (5-o‘rin).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring