Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahonda eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar aniqlandi

Jahonda eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar aniqlandi

Toyota Corolla.

Foto: CNET

Jahonda eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar reytingini tuzgan Focus2move konsalting kompaniyasi kuzatuvlariga ko‘ra, elektromobillar savdosi sezilarli darajada oshgan.

Masalan, 2021-yilga nisbatan 22 pog‘ona yuqorilagan Tesla Model Y 4-o‘rinni egalladi (513 mingta elektromobil sotildi).

2022-yilda eng ko‘p sotilgan avtomobil — Toyota Corolla (840 mingta mashina).

Ikkinchi o‘rinda — Toyota RAV4 krossoveri (654 mingta), uchinchi — Shimoliy Amerikada ommalashgan Ford F-Series pikapi.


Mavzu doirasida: Yangilangan Toyota RAV4 krossoverlari endi Qozog‘istonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yaponiyadan keltiriladi.


Yetakchi o‘nlikka, shuningdek, Tesla Model 3 (5-o‘rin), Toyota Camry, Honda CR-V, Chevrolet Silverado, Ram, Toyota Hilux pikaplari hamda Hyundai Tucson krossoveri kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring