Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev koronavirusga qarshi emlandi

Jahongir Ortiqxo‘jayev koronavirusga qarshi emlandi

Videodan skrinshot. 

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasining ikkinchi dozasini qabul qildi. 

Bu haqda poytaxt hokimligi tomonidan tayyorlangan videolavhada ma’lumot berilgan. 

«Koronavirus yuqtirgan, shifoxonalarda yotganlar bilan suhbatlashyapmiz, ular vaksina olganda kasallik yengil o‘tishini aytishmoqda. O‘zim har yili grippga qarshi vaksinani pullik bo‘lsada, sotib olib qabul qilardim. 

Boshqa fuqarolarimizga ham vaksina olish tavsiya etaman»,—deydi hokim videoda. 

Avvalroq, Ortiqxo‘jayev kovid-markazlardan biriga borgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring