Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahonning eng boy kishilari bir yilda qancha topishadi?

Jahonning eng boy kishilari bir yilda qancha topishadi?

Foto: «Superinteresno.ru»

Jahonning eng boy kishilari ro‘yxatini yangilagan «Forbes» jurnali «Amazon» kompaniyasi asoschisi va rahbari Jeff Bezosni yana birinchi o‘ringa loyiq topdi.

Jeff Bezos

O‘tgan yili xotini bilan ajrashishi biznesmenning daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi: 2018 yili Bezosning boyligiga yana 19 milliard dollar qo‘shilib, 131 milliard dollarga yetdi. «Amazon» kapital qiymati esa trillion dollargacha o‘sdi.

Fransuaza Bettankur-Mayers

«Forbes» jahonning eng boy ayolini ham aniqladi: «LʼOréal» kosmetika imperiyasi vorisi Fransuaza Bettankur-Mayersning boyligi — 49,3 milliard dollar. Bir yilda 7,1 milliard dollar ishlagan Bettankur-Mayers xonim jahonning eng boy kishilari umumiy reytingida 14-o‘rinni band etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring