Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jamshid Qo‘chqorov: «Benzin narxi oshmadi, aksincha arzonlashdi»

Jamshid Qo‘chqorov: «Benzin narxi oshmadi, aksincha arzonlashdi»

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va bir qator vazirliklar mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda vazir Qo‘chqorovning aytishicha, bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgani munosabati bilan narxlar ham bozor talabidan kelib chiqib, erkinlashtirilmoqda. U o‘z so‘zida bundan bir necha yil oldingi voqealarni ham eslagan.

«Ko‘plab viloyatlarda, masalan Buxoroda 2017 yilda benzinning narxi olti ming so‘mga chiqqanini, undayam «zapravkalar»dan emas, «baklajlaka»larda sotib olinganni eslaysizlarmi?

Bozor iqtisodiyotda o‘tish jarayoni shunday. Biz benzin narxini 4500 ga oshirsak ham aslida hali ikki yildagidan ko‘ra arzonlashibdimi?», — deb aytgan Qo‘chqorov matbuot anjumanida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring