Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Janob Prezident, uyg‘oning!» Baydenning «qilig‘i» yana kulguga sabab bo‘ldi

«Janob Prezident, uyg‘oning!» Baydenning «qilig‘i» yana kulguga sabab bo‘ldi

Foto: «U-f.ru»

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Naftali Bennet bilan matbuot anjumani paytida uxlab qoldi. Bu haqda Middle East nashri xabar bermoqda.

Twitterda AQSh prezidenti Jo Baydenning Isroil bosh vaziri Naftali Bennet bilan uchrashuvdagi g‘ayrioddiy xatti-harakatlari muhokamasi tobora kuchayib bormoqda.

Foydalanuvchilar amerikalik rahbar muzokaralar chog‘ida uxlab qolganiga ishonchlari komil. Uchrashuvning video lavhalarini AQSh Vakillar palatasi Minnesota shtatining 5-saylov okrugidan nomzod qilib ko‘rsatgan Siseli Devis Twitterga joylashtirgan.

«Keksa Bayden isroillik hamkasbi gapirayotganda uxlab qoldi», — deydi Hande Gülbahar foydalanuvchisi.

«Janob Bayden, yoningizda Isroil Bosh vaziri o‘tirganiga nima deysiz?» — deya hazillashdi Murat Aslan.

Ba’zi sharhlovchilar Bennet ham uxlab yotgan Baydenga e’tibor qaratganini va unga yordam berishga qaror qilganini tan olishdi.

«Dastlab Bennet gapira boshladi, vaziyatni o‘nglash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri kameralarga qaradi, keyin esa Baydenni uyg‘otish uchun ovozini ko‘tardi», — deydi Fatih Tüfekci.

«Otaxon, hazillashyapsizmi? Saylov paytida Tramp uni uyquchi Jo deb bejizga aytmagan ekan-da», — deb ta’kidlaydi The Dark Knight.

CNN muxbiri Deniyel Deyl Twitterda uxlab yotgan AQSh prezidenti haqidagi xabarni «bema’nilik» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden nafaqat uyg‘oq, balki suhbatdoshiga «darhol javob qaytargan».

Oq uy matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda ikki davlat rahbarlari davlatlararo munosabatlar va Yaqin Sharqdagi xavfsizlik muammosini muhokama qilishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring