Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Javlon Vahobov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimini tark etdi

Javlon Vahobov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimini tark etdi

Javlon Vahobov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlash men uchun ulkan sharaf bo‘ldi. Men bu lavozimdan ketib, Toshkentga qaytar ekanman, erishgan yutuqlarimizdan faxrdaman – barchangizga qo‘llab-quvvatlaganingiz va do‘stlik uchun tashakkur, men buni doimo qadrlayman», – degan u Twitter’da.

Qayd etilishicha, 2020 yildan buyon O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari (keyinchalik birinchi o‘rinbosar) lavozimida bo‘lgan Furqat Siddiqov uning o‘rniga AQShga elchi qilib jo‘natilgan.

Ma’lumot uchun, Javlon Vahobov 2017 yilda O‘zbekistonning AQShdagi elchisi etib tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring