Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi o‘zgardi

Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi o‘zgardi

O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortish yoshi 14 yoshdan etib belgilandi. Ilgari 13 yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

2021 yil 7 dekabrda «Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 13 yoshga to‘lgan shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi bekor qilindi. Shunga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortish 14 yoshdan boshlanadi.

Shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilganda og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilandi.

Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda pedagog bilan bir qatorda psixolog ham qatnashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring