Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax shahriga kirish va chiqish to‘xtatildi

Jizzax shahriga kirish va chiqish to‘xtatildi

Jizzax viloyati hokimi qaror bilan viloyat hududiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish sabab Jizzax shahriga 2020-yil 28-mart kunidan boshlab kirish va chiqish to‘xtatildi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bilan Jizzax shahriga kirish chiqishni nazorat qilish uchun qo‘shimcha yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlar tashkil etadi.

Jizzax shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatiladi.

Tashkil etilgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlarini pirometrlar (masofadan tana haroratini o‘lchovchi) va o‘tishga ruxsat etilgan avtotransport vositalarini majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi.

Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”, “Istiqlol” va “O‘rda” ekologik istirohat bog‘lari faoliyati to‘xtatilib, fuqarolarning bog‘ hududiga kirishi ta’qiqlanadi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilib, tartibning amal qilish davrida quyidagilar kiradi:

- Boshqa hududlardan Jizzax shahriga kirish va chiqish, shuningdek shahar ichida harakatlanuvchi avtobus, mikroavtobus vositalarining harakatlanishi to‘xtatiladi, yengil avtomobillarning harakati qisman cheklanadi;

- Jizzax shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar, shuningdek, boshqa tumanlarda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda Jizzax shahrida mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat va xususiy avtomashinalarida yoki avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar asosida boshqarishi mumkin bo‘lgan avtotarnsport vositalarini belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda yuk tashish bilan bog‘liq hollarda Jizzax shahriga kirish va chiqishga ruxsat beriladi;

- birinchi bosqichda Jizzax shahridagi “Markaziy dehqon” hamda “Eski shahar dehqon” bozorlari, savdo majmualari (supermarket, minimarket va boshqalar) kirish chiqish joylarida fuqarolarning tana haroratini o‘lchash uchun tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta’minlanadi;

- Jizzax shahriga boshqa hududlardan kirib kelayotgan barcha transport vositalari, tovar va yuklarning majburiy ravishda dezinfeksiya qilinishi ta’minlanadi;

- davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’yektlari vakillarini qabul qilish, ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkon qadar “onlayn” rejimga o‘tkaziladi;

- idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralari ko‘riladi.

- shahar va tumanlar hokimliklari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Davlat soliq boshqarmasi rahbarlari dehqon va mol bozorlari ma’muriyati tomonidan bozorlarning kirish-chiqish joylariga tegishli mutaxassislar bilan fuqarolarning tana hararotini masofadan o‘lchovchi pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta’minlasin, aks holda faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligini qat’iy nazoratga olinadi.

- savdo va boshqa tashkilotlar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va uning quyi bo‘limlari bilan shartnomalar tuzish yo‘li bilan dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlash ustidan nazorat o‘rnatiladi;

- joylardagi dehqon va mol bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati hamda Jizzax shahridagi oziq-ovqat maxsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar va dorixonalardan tashqari barcha tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati to‘xtatiladi. 

- viloyat davlat soliq boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi viloyat hududidan o‘tuvchi M39-magistral yo‘lining yoqasida joylashgan barcha savdo shahobchalari, choyxona, restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish joylarining faoliyatini karantin tadbirlari tugagunga qadar to‘xtatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring