Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda ayiq ikki kishining umriga zomin bo‘lgani aytildi

Jizzaxda ayiq ikki kishining umriga zomin bo‘lgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumani hududida ayiq ikki nafar fuqaroning umriga zomin bo‘lganligi hamda ayiq ovchilar tomonidan o‘ldirilganligi haqida xabar tarqaldi.

Holat Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tezkor o‘rganildi va ushbu xabar yolg‘on ekani ma’lum bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan ushbu holat aslida Rossiya Federatsiyasining Baykalorti o‘lkasida sodir bo‘lgan.

Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.

Davlat ekologiya qo‘mitasi yurtdoshlarimizdan bu kabi noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmaslikni va O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq yolg‘on xabarlar tarqatish javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida eslatib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring