Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda ayol to‘qqiz oylik chaqalog‘i bilan liftga qamalib qoldi

Jizzaxda ayol to‘qqiz oylik chaqalog‘i bilan liftga qamalib qoldi

Foto: Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Shu yilning 23 iyul kuni Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Jizzax shahri Ulug‘bek mahallasida yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushgan

Unga ko‘ra shu manzildagi ko‘p qavatli 16 uyning lifti ishlamay qolgan. Natijada, lift ichida 1988 yilda tug‘ilgan ayol to‘qqiz oylik chaqalog‘i bilan qolib ketgan.

Ko‘p qavatli uyda yashovchilar lift eshiklarini o‘zlari ochishga urinishgan. Harakatlari samara bermagandan so‘ng qo‘shinilar qutqaruvchilarga murojaat qilishgan.

Murojaat bo‘yicha Jizzax viloyati FVB yong‘in-qutqaruv otryadi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, liftda qolib ketgan ona va chaqaloqni qutqarib olishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring