Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda gaz baloni portlashidan jarohatlangan 7 yoshli bolaning oyog‘i amputatsiya qilindi

Jizzaxda gaz baloni portlashidan jarohatlangan 7 yoshli bolaning oyog‘i amputatsiya qilindi

Videodan lavha

Jizzax shahrida aholi chiqindilarini yig‘ib ketishga mo‘ljallangan maxsus mashinaning gaz balloni shahar ko‘chalaridan birida harakatlanib ketayotganda portlab ketgani haqida xabar berilgandi.

Oqibatda piyodalar yo‘lakchasidan ko‘chani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki nafar shaxs (ota va bola) og‘ir tan jarohatlari olgan. Ular shifoxonaga yotqizilgan.

«Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, gaz balonining bo‘laklaridan ota va bolaning oyoqlari jiddiy shikastlangan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali direktorining muxbirga bergan ma’lumotiga ko‘ra, 7 yoshli bolaning oyoqlari amputatsiya qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring