Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda IT Park filiali ochildi (foto)

Jizzaxda IT Park filiali ochildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 11-noyabr kuni Jizzax shahrida IT Park mintaqaviy filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu rejalashtirilgan 14 ta filialning to‘rtinchisi bo‘lib, ulardan uchtasi Guliston, Marg‘ilon va Andijonda ochilgandi.

Ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazir o‘rinbosari Bahromjon Olmatov, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov, Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat va IT Park direktori o‘rinbosari Bahodir Ayupovlar ishtirok etishdi.

Jizzaxdagi IT Park filiali Sh.Rashidov ko‘chasi, 63-uy, ya’ni Jizzax viloyati hokimligi olti qavatli binosining ikkinchi qavatida joylashgan.

Filial 24/7 rejimda faoliyat yuritib, u yerda chet ellik sheriklar va turli kompaniyalar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, IT Parkning Jizzax hududida IT-markaz ham ochildi, bu istalgan kishiga IT sohasidagi fan va kasblarni o‘rganish imkoniyatini beradi: kompyuter savodxonligi, dasturlash, Web-dizayn, grafik dizayn, mobil robototexnika, kibersport turlari, IT-ingliz tili va boshqalar.

IT  Parkning Jizzax filialiga o‘quv xonalari va kibersport sinflari uchun 43 ta kompyuter to‘plami berildi, 43 o‘quvchiga mo‘ljallangan 3 ta zamonaviy o‘quv xonalari yaratildi. Bu yerda yil davomida 500 ga yaqin talaba ta’lim olishi mumkin.

«Jizzaxda IT Parkni tashkil qilish katta va muhim masala», — deydi Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev. — «Endi Jizzax zaminida axborot texnologiyalari kabi muhim sohada iste’dodlarni yuzaga chiqaruvchi muassasa bor. IT Parkning Jizzaxda qulay va samarali ishlashi uchun barcha sharoit mavjud: yuqori tezlikdagi internet, 46 o‘rinli konferensiya zali, kutubxona, kovorking markazi, start-up xonalari, robototexnika laboratoriyasi, media-markaz, kibersport va innovatsion mashg‘ulotlar».

Jizzaxdagi filial loyihasini IT Park maslahatchisi Jayaram Partasarti boshqaradi. Loyihaning umumiy qiymati 5,5 milliard so‘mni tashkil etadi.

Ayni paytda IT Parkning bir qator rezidentlari Jizzax filialiga mansub: PE «ALITECH WEBSITE SOLUTIONS» — veb-saytlarni ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlar; MChJ «INCLUDE» — S-Zone —talabalarni kamera yordamida tekshirish, sog‘liqni saqlash tizimlarini avtomatlashtirish - Medcash; «UZTAN MEDIA» XK — domenni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari, shuningdek veb-saytlarni joylashtirish; PE «MY WAY GROUP» — yuklarni yetkazib berish uchun «MY GRUZ» dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish; MChJ «KROXUS SOFT» — CRM va ERP tizimlari.

IT Park rezidentlari uchun bir qancha afzalliklar mavjud (mahalliy va xorijiy IT kompaniyalar uchun ham): daromad solig‘i 7,5 foizgacha pasayadi, nol korporativ va ijtimoiy soliqlar, o‘z ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring